Главная » 2019 » Aprel » 21 » Foydali maslahat – bu yerdan siz turmush oilada kerak bo’ladigan o’zingiz va oilangiz uchun foydali bolgan maslaxatlardan xabardor bolasiz…
17:23
Foydali maslahat – bu yerdan siz turmush oilada kerak bo’ladigan o’zingiz va oilangiz uchun foydali bolgan maslaxatlardan xabardor bolasiz…
Sovuq havoda yuz teresi namligini yo’qotib quruq bo’lib dag’allashadi. Uning yorqin rangini qaytarish va yumshatish uchun har xil niqoblar qilib turish kerek.

Quruq teri uchun:

1 dona olmani qirg’ichdan o’tqazib, unga 1 choy qoshiq asl va tuxum sarig’i qo’shiladi. Yaxshilab aralashtirgach, yarim choy qoshiq o’simlik moyi, bir necha tomchi limon sharbati qo’shib, yuzga surtib qo’yiladi. 20 daqiqadan keyin iliq suvda yuviladi.
1 dona xom kartoshkani qirg’ichdan o’tqazib, yuzga surtiladi. Kartoshkali niqob yumshatuvchi, ajinlarni tekislovchi xususiyatga ega.

Yog’li teri uchun:

Qirg’ichdan o’tqazilgan bitta olmaga tuxum oqi qo’shiladi va yuzga surtib 15-20 daqiqadan keyin yuvib tashlanadi.
Normal teri uchun:

1 ta tuxum sarig’iga 1 choy qoshiq smetana, o’simlik moyi va niqobni quyuqroq qilish uchun nonning yumshoq joyi qo’shiladi. Hammasi yaxshilab aralashtirib, 20 daqiqa yuzga surtib qoyiladi.

Bu niqob oziqlantiruvchi xusisiyatga ega. Yaxshi natijaga erishish uchun yuqoridagi niqoblardan haftada 2-3 marta foydalanib turish kerak. Muolaja 12-15 marta qaytariladi.
Категория: Foydali maslaxatlar | Просмотров: 52 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar