Главная » 2019 » Dekabr » 8 » Novosibirsk—Toshkent aviareysida uchib kelgan, 10 yil qidiruvda bo‘lgan fuqaro hibsga olindi
08:56
Novosibirsk—Toshkent aviareysida uchib kelgan, 10 yil qidiruvda bo‘lgan fuqaro hibsga olindi
Samarqand viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi tomonidan olib borilgan tezkor-profilaktik chora-tadbirlar natijasida 1983-yilda tug‘ilgan va 2009-yil 8-apreldan buyon qidiruvda bo‘lgan fuqaro H.J. qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Flipboard

2019-yil 27-noyabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida “Novosibirsk–Toshkent” aviareysida O‘zbekistonga kelgan vaqtida ushlangan. H.J. qaysi jinoyatni sodir etgani uchun qidiruvga berilgani ochiqlanmagan.

Mavzuga doir: Toshkent xalqaro aeroporti avtoturargohida ichida 500 dollar bo‘lgan sumkani o‘g‘irlagan shaxs qidirilmoqda
Категория: O'zbekiston Yangiliklari | Просмотров: 43 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar