Главная » 2019 » Aprel » 25 » Osiyo chempionati. 25-aprel kuni o‘zbekistonlik 9 nafar bokschi final yo‘llanmasi uchun jang qiladi
08:04
Osiyo chempionati. 25-aprel kuni o‘zbekistonlik 9 nafar bokschi final yo‘llanmasi uchun jang qiladi
25-aprel, payshanba kuni Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionatining yarim final janglari bo‘lib o‘tadi.

Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi
Shu kuni 9 nafar o‘zbekistonlik bokschi musobaqaning final yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun ringga ko‘tariladi.

Kunduzgi dastur, 12:00dan so‘ng:

-49 kg: Nodirjon Mirzaahmedov—Mirlan Turkbai Uulu (Qirg‘iziston) (B ring)
-56 kg: Mirazizbek Mirzahalilov—Pedres Bautista (Filippin) (B ring)
-91 kg: Sanjar Tursunov—Hussayn Iashaish (Iordaniya) (B ring)
-69 kg: Shahnoza Yunusova—Xong Gu (Xitoy) (B ring, ayollar)
Kechki dastur, 16:00dan so‘ng:

-60 kg: Shukurjon Rahimov—Tsendbaatar Yerdenebat (Mo‘g‘uliston) (B ring)
-69 kg: Bobousmon Boturov—Ashish (Hindiston) (A ring)
+91 kg: Bahodir Jalolov—Muhammad Mulayes (Suriya) (A ring)
-57 kg: Yodgoroy Mirzayeva—Yu-Ting Lin (Xitoy Taypeyi) (B ring, ayollar)
-64 kg: Maftuna Meliyeva—Kaur Baat (Hindiston) (B ring, ayollar)
Категория: Sport yangiliklari | Просмотров: 59 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar