Главная » Статьи » SMS Sherlar / СМС Стихи » Ayriliq haqida sherlar

Ayriliq haqida ta'sirli sher
Shu kecha nogahon qo'rqdim sevgidan,
Yurak tomirlarga toshdi uchuqlar.
Omon qolmoq istab xijron jangidan,
Qalbni qalqon qildim, sanchildi o'qlar.

Va yana angladim, ishqni shu kecha,
Men dunyoga keldim, faqat sen uchun.
Bir og'riq qiynadi, subhi tonggacha,
Axir, meni tashlab ketishing mumkin.

Axir, o'ylamabman vafodan nari,
Alvido desangu keyin netaman.
Bildim, alvido deb sening singari,
O'zligimni o'zim tashlab ketaman.
Категория: Ayriliq haqida sherlar | Добавил: Admin (30.05.2019)
Просмотров: 25 | Теги: Ayriliq haqida ta'sirli sher | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar