Главная » Статьи » SMS Sherlar / СМС Стихи » SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР

Boshqalarga o'xshamas mudom,
Boshqalarga o'xshamas mudom,
Ikkimizning hayot yo'limiz.
Ayrilmoqqa tortqilar qadam,
Lek qo'yvormas nechun qo'limiz?.

Qo'pol qilib chertdik hayotning,
sevgi otli nozik torini.
Endi jo'shib aytmas naxotki,
Murg'ak qalbim dil izxorini.

Uchburchakka o'xshaymiz go'yo,
Uchinchimiz ko'rinmas mavhum?.
Shirin diydor xotira, ro'yo,
Endi o'tmish Salom alaykum.

Bir burchakka qamaldim oqshom,
Burchaklarga berdim tanimni.
Mayni quydim, yurakkina jom,
Unutibman sog'inganimni.

Qayt demoqqa aylanmas tilim,
Qo'lim qo'lda...dillar qaydadir.
O'tmishlarda qolgan sevgilim,
Jon xudojon qachon qaytadir?...

Yashashga qo'rqaman. Kelajagimni,
Oniy orqalikka surgim keladi.
Sen tomonga huv kelajagimni,
Gulim o'tmish bo'lib ko'rgim keladi...
Категория: SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР | Добавил: Admin (30.05.2019)
Просмотров: 18 | Теги: Boshqalarga o'xshamas mudom | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar