Главная » Статьи » SMS Sherlar / СМС Стихи » SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР

Sen Otabek emassan, men esa Kumush!
Sen Otabek emassan, men esa Kumush,
Yomg'ir yog'moqda yurakni tilib,
Alamli xotira qiynaydi meni.
Oldin yuragim ming pora qilib
Keyin ziyofatga chorlaydi seni.
Yiqilishgha o'rgandi ruhim
O'zgalardan najot kutmoq yo'q
Istalgancha sinaldi sabrim
Alamlarin ichga yutmoq yo'q
Qalbim to'riga zulmat oralar
Ko'zlarim intiqdir kimgadir
Xotira har lahza meni parchalar
Yuragim siqilar negadir
Hijron bo'roniga berolmay bardosh
Sog'inch ko'rpasiga o'raldim axir
Nahot suyganimning o'zi endi tosh
Visol dunyosidan kuraldim oxir
Aslida sog'inchga o'raldi yurak
Hukmini o'tkazdi toshga ham hijron
Mos kelmaydi aqlga tilak
Ikki o'rtada muhabbat hazon
O'rgandim jonom sensiz yashashni
Yolg'izlikka ko'nikdi hislar
Sog'inib o'tsada ko'zim diydorni
Qalbda mangu qoladi izlar
Senga baxt tilayman armonli sevgim
ayli o'zganing ham ko'nglini shod et
Agar muhabbatdan bo'lsang yuz tilim
Iltimos bir lahza ismimni yod et.
Категория: SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР | Добавил: Admin (30.05.2019)
Просмотров: 22 | Теги: Sen Otabek emassan, men esa Kumush! | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar