Главная » Статьи » SMS Sherlar / СМС Стихи » YANGI YIL SHERLARI / SMS YANGI YIL TABRIKLARI

Qish haqida sher
To'rt fasllar aylanib,
Qish kelibdi yastanib.
Zamin oppoq o'ramda,
Yumshoq, momiq gilamda.

Ko'cha to'la bolalar,
Uchar quvnab chanalar.
Yanoqlari zir qizil,
Lek yonmoqda qizib dil

Olam naqadar go'zal,
Ertakdaman shu maxal.
Osmonlardan yog'ar qor,
Atrofga sochib chiroy.

Tarnovda to'p sumalak,
Qator-qator bir talak.
Mo'ri, pechdan bo'rillab,
Tutqun o'ynar tarallab.

Mo'jaz,sirlarga boysan,
Erka, to'lingan oysan.
Kuch olar uxlab borliq,
Tanga bag'ishlab xordiq.
Категория: YANGI YIL SHERLARI / SMS YANGI YIL TABRIKLARI | Добавил: Admin (19.12.2019)
Просмотров: 22 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar